Bayrutda sodir bo‘lgan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 154 nafarga yetdi
- 07.08.2020 20:15
- 20
- Xorij
Bayrutda sodir bo‘lgan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 154 nafarga yetdi, bu haqida mahalliy NNA agentligi ma’lum qildi.
Livan sog‘liqni saqlash vaziri Hamed Hasanning so‘zlariga ko‘ra, kasalxonalarda 120 nafar odamning ahvoli og‘ir bo‘lib qolmoqda, shu sababli qurbonlar soni yana oshishi mumkin.
Biroz oldin 137 nafar halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar qilingan edi.
Portlash ishi bo‘yicha 16 nafar Livan bandargohi xodimi hibsga olindi.
Portlash 4 avgust kuni Bayrut bandargohi hududida sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini o‘nlab binolarni vayron qildi. Mahalliy hukumat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2014 yilda mamlakat bojxona xizmati tomonidan musodara qilingan va omborxonada saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi portlashga sabab bo‘lgan.
Hukumat rasmiylarining ma’lum qilishicha, ko‘rilgan talofotni bartaraf etish uchun milliardlab dollar mablag‘ zarur bo‘ladi. Ammo mamlakatda bunday mablag‘ mavjud emas.