Bayrutda yuz bergan portlash tafsilotlari bilan Interpol shug‘ullanadi

Xalqaro jinoyat qidiruv politsiyasi (Interpol) Bayrutda yuz bergan fojea tafsilotlarini o‘rganish uchun Livanga maxsus guruh yubordi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, tergov harakatlarini olib borish so‘rovnomasi Interpolga Livan hukumati tomonidan yuborilgan.

“Portlashdan keyin 150 dan ortiq odam halok bo‘lganidan va shaharning ma’lum qismi vayron bo‘lganidan so‘ng, Livan hukumati so‘rovnomasiga binoan Interpol Bayrutga maxsus guruh yubormoqda”, - deyilgan xabarda.

Xalqaro tashkilot Bosh kotibi Yurgen Shtokning ta’kidlashicha, “Interpolning bu turdagi yordam ko‘rsatish tajribasi, milliy hukumatga sezilarli darajada yordam berishi mumkin”. Bundan tashqari u, Livan hukumati tomonidan so‘raladigan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.