Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bevosita muloqot so‘nggida Putin ko‘z yoshlarini zo‘rg‘a to‘xtatib qoldi

Avval xabar berganimizdek, bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bevosita muloqot o‘tkazdi. Muloqot so‘nggida yo‘llangan savolga javob berayotib Putin yig‘lab yuborguday bo‘ldi va ko‘zyoshlarini zo‘rg‘a to‘xtatib qoldi.

Unga berilgan savol qo‘yidagicha edi: "Vladimir Vladimirovich ham uyatli holatga tushadimi?"

Ushbu savolga javob berar ekan Putin qo‘yidagilarni gapirdi:

"Endi prezident bo‘lgan yillarim edi. O‘shanda mamlakatda ahvol og‘ir edi. Tinimsiz hududlar bo‘ylab yurar edim. O‘shanda hududlardan biriga tashrif buyurdik. Qorog‘i tushib qolgan, hammayoq iflos edi. Shunda ro‘paramizdan bir yoshi kattaroq ayol chiqib qoldi va tiz cho‘kib menga bir qog‘oz uzatdi va "shunda hammasi yozilgan" dedi. Men unga "albatta o‘qiyman va yordam beramiz" deb aytdim va qog‘ozni yordamchilarimdan biriga uzatdim. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, o‘rinbosarim o‘sha qog‘ozni yo‘qotib qo‘ygan. O‘shandan beri vijdonim qiynaladi va hanuzgacha o‘sha qog‘ozni yo‘qotib qo‘yganimiz uchun uyalaman".

Putin ushbu voqeani eslar ekan ko‘zi yoshga to‘ldi va o‘zini yig‘lab yuborishdan arang tiyib qoldi.