Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bilasizmi, pilla yetishtirish ham mehnat stajiga o‘tadi

Pilla yetishtirish bilan bog‘liq quyidagi ishlarda to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadi:

- tut urug‘i tayyorlash;

- tut nihollari va tut ko‘chatlari yetishtirish;

- tut ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarda jonlantirish;

- tut ipak qurti parvarishlash;

- tirik va quriq pillani saralash;

- tirik pillani quritish;

- pillani qo‘l kuchi yordamida tashish;

- pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);

- urug‘chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;

- tut ipak qurti urug‘larini mikrotahlildan o‘tkazish;

- tut ipak qurti urug‘lariga ishlov berish;

- tut ipak qurti urug‘larini qishlash davridagi ishlar;

- tut ipak qurti urug‘larini qadoqlash va yorliqlash.