Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda?

Joriy yilning 25 mart holatiga ko‘ra, bojxona omborlarida jami 45,9 million AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Ushbu mahsulotlar bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng qisqa muddatlarda ichki bozorlarga yo‘naltiriladi. Jumladan:

bio qo‘shimchalar (485,2 tn, 3,5 mln. doll.);

margarin (2,9 ming tn, 3,4 mln. doll.);

go‘sht (2,7 ming tn, 3,1 mln. doll.);

kungaboqar yog‘i (3,2 ming tn, 2,4 mln. doll.);

palma yog‘i (2,0 ming tn, 1,8 mln. doll.);

bolalar ovqati (327,9 tn, 1,5 mln. doll.);

shokolad (525,6 tn, 1,3 mln. doll.);

shakar (2,7 ming tn, 1,0 ming doll.);

un (3,6 ming tn, 0,9 mln. doll.);

konservalangan sabzavotlar (710,7 tn, 830,8 ming doll.);

makaronlar (553,7 tn, 708,4 ming doll.);

banan (1,1 ming tn, 680,2 ming doll.);

bug‘doy (80,7 ming tn, 15,7 mln. doll.);

sut mahsulotlari (463,1 tn, 625,7 ming doll.);

un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (257,1 tn, 537,2 ming doll.);

choy (59,2 tn, 304,7 ming doll.);

baliq (128,8 tn, 118,7 ming doll.).