Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28−31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33−35 darajani tashkil etadi.

23−24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15−18 daraja, kunduzi 35−37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38−40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4−6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17−22 gacha kuchayadi.