Murojaatnoma — amaliy harakatlar dasturi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi mamlakat taraqqiyotining o‘rta va uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarini belgilaydigan muhim siyosiy hujjat hisoblanadi.
Murojaatnoma barcha sohalardagi islohotlar natijalarini va kelgusidagi ustuvor vazifalarni xalqqa ochiq va aniq shaklda yetkazdi.
Ayniqsa, korrupsiyaning taraqqiyotga jiddiy to‘siq ekani qat’iy ta’kidlandi. Ochiqlik, hisobdorlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa sifatida belgilandi.
Demokratik islohotlarda muhim ishtirokchi bo‘lgan NNT va OAV rolini oshirish, jamoatchilik nazorati orqali davlat organlari faoliyati samaradorligini kuchaytirish, tanqidiy tahlil va ochiq muloqot madaniyatini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Fuqarolik jamiyati institutlari — davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ko‘prik va demokratik jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Davlat organlari faoliyatini jamoatchilik nazorati orqali oshirish, qonunlar va islohotlarning samarali ijrosini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etishda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash ularning asosiy vazifasidir.
Prezident Murojaatnomasida fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash, davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalar orqali ularning imkoniyatlarini kengaytirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yaqin qo‘shnilarimiz bilan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Bunda mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, suv, ekologiya, xavfsizlik, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtiramiz.
Qolaversa, asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Iordaniya, Kuvayt, O‘mon, Hindiston, Pokiston va boshqa davlatlar bilan ko‘pqirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
Shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan yangi va istiqbolli yo‘nalishlarda manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, Janubiy Kavkaz va Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni kengaytirish strategik yo‘nalishlarimizdan biri bo‘ladi.
Nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, iqtisodiy institutlar bilan yaqin hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida an’anaviy, keng qamrovli sheriklik aloqalarini yanada kengaytiramiz belgilandi.
Bunday ulug‘vor vazifalar bizdan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo do‘stlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirishni talab etadi. Buning uchun biz barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Doston Malikov,
Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining Samarqand viloyati bo‘limi rahbari.