Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

E’lon: Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majbur»ligi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan, egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar uchun hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i ular tomonidan soliq davri uchun hisobot yilining 15 oktyabriga qadar to‘lanishi belgilangan.

Siz to‘lagan mol-mulk va yer soliqlari mahalliy byudjet daromadlarini to‘ldirib, shahar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’yektlarini ta’mirlash va aholi punktlarini obodonlashtirish, shu bilan birga aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga sarflanadi.

Shunday ekan, belgilangan soliqlarni to‘lash orqali siz o‘z fuqarolik majburiyatingizni bajargan hamda yashab turgan hududingizning obodligiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Eslatib o‘tamiz, hisoblangan soliqlarni istalgan bank bo‘limlari orqali yoki CLICK, MBANK, U-PAY kabi zamonaviy to‘lov vositalari yordamida ham to‘lashingiz mumkin.

Samarqand viloyat Davlat soliq boshqarmasi.