Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Erkinjon Turdimov savobtalab odamlar orqali menga yordam berdi

Taqdir ekan, kasallik tufayli birinchi guruh nogironi bo‘lib qoldim. Lekin ayrimlarga o‘xshab duch kelganga nolimadim. Tikuvchilik hunarimni ishga solib, ro‘zg‘orimni butlab keldim.

Shukr va yaxshi niyat qilsang, hammasiga erisharkansan. Davlatimiz rahbarining nogironlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari menga kuch-quvvat berdi. Murojaatimga asosan Po‘latchi mahallasida yangi qurilgan arzon uylardan menga ham ajratishdi. Boshlang‘ich to‘lovini ham to‘lab berishdi.

Turmushda kutilmagan holatlar ko‘p bo‘larkan. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarimning usti-boshi, yeb-ichishiga xarajat qilib, uy uchun olingan kredit to‘lovlarini amalga oshirolmay qoldim. Oxiri viloyat hokimi E.Turdimovdan yordam so‘radim.

Hokim savobtalab odamlar orqali menga yordam berdi. Nima qilsam ekan, deb ich-ichimdan ezilib yurganimda mushkulim oson bo‘ldi, bir yillik kreditimni to‘lab berishdi. Endi qolganini o‘zim eplayman.

Menga ko‘maklashganlarga rahmat aytish barobarida shunday mehribon davlat fuqarosi bo‘lganligimdan faxrlanaman.

Sevara Normurodova,

Past Darg‘om tumani.