Karantin sababli qiyin ahvoldagi ayollarga uy-joylar berilishi to‘xtatildimi?

Bugun AOKAda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

➖ Aytishlaricha, bu yil karantin sababli qiyin ahvoldagi ayollarga beriladigan uy-joylar ajratilishi to‘xtatilibdi, shu to‘g‘rimi?

➖ Joriy Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid davlat dasturining 168-bandiga asosan har yili 1 576 ta arzon uy-joylar berilishi rejalashtirilgan.

Karantin munosabati bilan bu uy-joylar berilishi to‘xtatilgani haqidagi fikrlar noto‘g‘ri.

Davlat dasturining 204-bandiga muvofiq, bugungi kunga qadar og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan 852 nafar xotin-qizlarga 10 foiz boshlang‘ich badal - 14 milliard 563 million 113 ming  so‘m boshlang‘ich badal mablag‘lari to‘lab berildi.