Shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar kimlarga beriladi?
Qonunchilikka muvofiq, shaharlarda qurilayotgan ko‘p kvartirali arzon uylar yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va fuqarolarning boshqa toifalariga sotiladi.
Arzon uy-joylarga fuqarolarni biriktirish quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
- o‘z uy-joyining yo‘qligi va ijara (arenda), bepul foydalanish shartlarida turar joyda yoki eskirgan uylarda yashash;
- bir uyda (bir kvartirada) boshqa oila yoki boshqa oilalar bilan birgalikda yashash;
- ko‘p bolali oila;
- ona (ota)ning to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalashi;
- ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
- oila tarkibida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
- turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
- tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.