Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fuqarolarni aldab kelgan yana bir Bandlik agentligi rahbariyati ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentning Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb xabar qildi  Respublika Bosh prokuraturasi axborot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ mansabdor shaxslarining bugungacha olib borgan faoliyati o‘rganilgan.

Ushbu korxona rahbariyati bir necha fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan ta’minlash bilan ishontirib, ulardan 51 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan.

Ammo kelishilgandek, fuqarolar ish bilan ta’minlanmay, pul mablag‘lari korxona rahbarlari tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.