Payariqda yerni fuqarolarga aldab sotgan fuqaroga nisbatan firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq jinoiy ish ochildi
Mamlakatimizda joriy yilning 1 iyulidan boshlab tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish faqatgina "E-IJRO AUKSION" yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirish tartibi joriy etilgan. Chunki u ortiqcha rasmiyatchiligu qing‘irliklardan xoli bo‘lgan ochiq va shaffof elektron tizim hisoblanadi. Lekin tahlillar hamon ayrim mansabdor shaxs va fuqarolar ushbu normani chetlab o‘tishga harakat qilayotganini ko‘rsatmoqda.
... Payariq tumani fuqarosi R.X. muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlanib, eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 68 million 896 ming so‘m jarima jazosiga tortilgan.
Biroq tayinlangan jazodan tegishli xulosa chiqarmasdan 2009-2015-yillar davomida marhum I.H. va T.R.lar bilan jinoiy til biriktirib, uyushgan guruh tuzib, noqonuniy yo‘llar bilan tekin boylik orttirish payida bo‘lgan.
Shu maqsadda tumandagi “Suvon Sanobar zamini”, “Berdiyev Inomjon dalasi” fermer ho‘jaliklari hududidagi sug‘oriladigan 8,95 gektar yerlarni o‘zining yeri deb aldab, uy-joy qurish uchun, 30 nafar fuqarolarga berib yuborgan.
Oqibatda jabrlanuvchilarning jami 30 million so‘m pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Ushbu holat yuzasidan R.X. dastlabki tergov organi tomonidan Jinoyat kodeksining (eski tahrirdagi) 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi (uyushgan guruh yoki uning manffatlarini ko‘zlab) bilan ayblangan.
Qonunchilikka ko‘ra, bunday turdagi jinoyat bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudi.