Past Darg‘omda tanish ayolni 1000 dollarga “sotgan” 28 yoshli yigit ushlandi

Shu yilning aprel oyi boshlarida 28 yoshli A.Halim tanishi 37 yoshli I.Orzigulni ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Turkiya davlatiga yuborishni va unga yaxshi ish topib berishini va’da qiladi.

Orziguldan uning fuqarolik pasportini oladi va fuqaro “S”  bilan uni 1000 AQSh dollari evaziga sotishga kelishadi. A.Halim 27 aprel kuni soat 22:00 larda Past Darg‘om tumani Tinchlik mahallasida joylashgan kafelardan birida “S” bilan savdolashib, 1000 AQSh dollaridan 800 AQSh dollarni olayotgan vaqtida viloyat va Past Darg‘om tumani IIB xodimlari tomonidan  qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.Halimga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.