Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVV “Vestminsterda yong‘in” deb tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berdi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqalgan edi.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, 21 yanvar kuni soat 20:27 da Mirobod tumani Ming o‘rik mahallasi, Amir Temur shoh ko‘chasida joylashgan “Bolajon” bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan.

Mazkur bog‘ Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti yonida joylashgan.

Voqea yuzasidan tuman yong‘in-qutqaruv brigadasi belgilangan manzilga soat 20:32 da yetib borgan. Yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, bog‘dagi eski oshxona ichki qismining 5 kvadrat metr maydoni yongan. Yuzaga kelgan yong‘in sabablari aniqlanmoqda.