Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit cheklovlari yo‘q

Men “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida kredit olmoqchi edim. Karantin vaqtida tijorat banklari kredit bermaydi, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?

Y.XUDOYQULOV,

Payariq tumani.

- “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida kredit ajratuvchi banklar, ya’ni “Agrobank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” tomonidan karantin vaqtida mazkur dastur doirasida kredit ajratish bo‘yicha cheklov joriy etilmagan, kreditlar ajratilmoqda.

Savolga Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i J.BAXRIYeV javob berdi.