Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ichki ishlar xodimlarini masxara qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi

Ayrim blogerlar biror mavzuga oid video ortidan quvib, auditoriya va qonun oldidagi mas’uliyatlarini unutib qo‘yishmoqda.

Instagram sahifalarining birida muallif sanitariya-epidemiologik talablarni mensimaganligini namoyish etganligi aks etgan bir nechta foto va videolar, shu bilan birga, beodob so‘zlarni ishlatib, ichki ishlar organlari xodimlarining karantin kunlarida olib borayotgan ishlarini masxara qilganligi Toshkent shahar IIBB xodimlarining nazariga tushdi.

Poytaxt IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tekshiruv natijasida mazkur akkauntni boshqaradigan shaxs 21 yoshli, muqaddam sudlangan Geydar A. ekanligi aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan zarur choralar ko‘rilishi uchun mazkur fakt bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Mirobod tumani ma’muriy sudiga yo‘naltirildi.

Huqubuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasiga muvofiq sud tomonidan yetti sutkalik ma’muriy jazo qo‘llanildi.