Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Imom al-Buxoriy majmuasida “Turizm axborot markazi” foydalanishga topshirildi

Imom al-Buxoriy majmuasida viloyat Turizmni rivojlantirish Departamenti va Payariq tuman hokimligi hamkorligida “Turizm axborot markazi” qurib foydalanishga topshirildi.

Ushbu markazning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda viloyat turizmni rivojlantirish departamenti, tuman hokimligi vakillari va nuroniylar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda turizmga berilayotgan e’tibor, turizmni rivojlantirishda turistlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradigan sayyohlarga namunali xizmat ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlashishdi.

Shuningdek, dunyo sayyohlari e’tiborini yurtimizning go‘zal va xushmanzara tabiati, tarixiy obidalari, ko‘hna imoratlari bilan tanishtirishda “Turizm axborot markazi”ning o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Foydalanishga topshirilgan turizm axborot markazida gid xizmatlari, transport, pochta xizmatlari, mobil aloqa sim kartalarini rasmiylashtirish, paynet kabi xizmat turlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu xizmatlarning har biri yurtimizga tashrif buyurgan turistlar uchun qulayliklar yaratishi shubhasizdir.