Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Iroqda AQShga qarashli neft kompaniyasi inshootlariga hujum uyushtirildi

Iroqda Amerikaning Halliburton kompaniyasiga tegishli bo‘lgan neft koni inshootlariga 6 aprel kuni hujum uyushtirildi. Bu haqda Baghdadtoday portali ma’lum qildi.

“Hujum Basra viloyatining Zubeyr qishlog‘ida besh nafar raketa yordamida amalga oshirilgan. Raketalardan biri, neft ishlab chiqarishdagi eng yirik bo‘lgan burg‘ulash ishlari olib borilayotgan hudud yoniga kelib tushgan”, deyilgan xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlari hujum uyushtirilgan uskunani topishga muvaffaq bo‘lgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda.

Hujum oqibatida jabrlanganlar va ko‘rilgan talafotlar haqida ma’lumot e’lon qilinmadi.