Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Isroil Madrimov meksikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov 5 oktyabr kuni “Medison-skver-garden” arenasida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, unga meksikalik bokschi Alexandro Barrera raqiblik qiladi. Barrera shu paytgacha 34 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, 29 jangda g‘alaba qozongan va 5 bor mag‘lubiyatga uchragan.

Hozirda Madrimov Nyu-Yorkda jangga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Kuni kecha bokschi Nyu-Yorkdagi markaziy ko‘chalarning birida ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Uni tomosha qilish uchun shaharda istiqomat qilayotgan hamyurtlari va ko‘p sonli boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan taxminan tonggi soat 06:00dan keyin boshlanadi. Madrimov va Barrero o‘rtasidagi jangni “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.