Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Isroil Madrimov venesuelalik tajribali bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Havaskor boksda Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Isroil Madrimov professional boksda o‘zining beshinchi jangini venesuelalik Charli Navarroga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabaringiz bor, hozirgacha o‘tkazgan 4 ta jangining barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan iqtidorli bokschimiz Intercontinental kamari egasi hisoblanadi.

Madrimovning raqibi Navarro prof boksda hozirgacha 38 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 29 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan va ularning 22 tasida raqibini nokaut holatiga tushirgan. Shuningdek, u ring maydonini 9 marotaba mag‘lub holda tark etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu jang joriy yilning 29 fevral kuni AQShning Texas shtatidagi Frisko shahrida bo‘lib o‘tadi.