Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jamoat joylarida nimalar taqiqlanganini bilasizmi?

Qonunchilikka muvofiq quyidagilar jamoat joylari hisoblanadi:

- statsionar savdo ob’yektlari, umumiy ovqatlanish korxonalari;

- kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert, ko‘rik va ko‘rgazma zallari hamda ommaviy dam olish uchun yopiq inshootlar;

- klublar, diskotekalar, kompyuter zallari, internet xizmatlari ko‘rsatish uchun jihozlangan xonalar yoxud boshqa ko‘ngilochar joylar;

- muzeylar, axborot-kutubxona muassasalari va ma’ruzaxonalar;

- mahalliy va uzoqqa qatnaydigan poyezdlar, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlari, daryo kemalari, shahar, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro qatnaydigan avtobuslar, taksilar, yo‘nalishli taksilar hamda shahar elektr transporti, havo kemalari;  - yer osti o‘tish joylari, transport bekatlari va avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylari;

- aeroportlarning, temir yo‘l, avtomobil vokzallarining va suv transporti bekatlarining binolari;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning binolari;

- sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari va tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari;

- ish joylari bo‘lgan xonalar;

- ko‘p kvartirali uylarning yo‘laklari, shuningdek, uylar oldi hududida joylashgan bolalar va sport maydonchalari;

- xiyobonlar, bog‘lar, ko‘chalar va boshqa joylar.

- Jamoat joylarida quyidagilar taqiqlanadi:

- tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, shuningdek, chilim va elektron sigaretalar chekish;

- mayda bezorilik, ya’ni uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarni sodir etish;

- ibodat liboslarida yurish;

- alkogol mahsulotini iste’mol qilish;

- tilanchilik qilish;

- ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bayroqlar va vimpellardan foydalanish;

- it va mushuklarni tumshuqbog‘siz va yetovsiz olib yurish.

Jamoat joylarida mazkur xatti-harakatlarni sodir etish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi, deb yozmoqda huquqiy axborot kanali.