Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jaziramada poliz kosmetikasidan foydalaning

- Petrushka terini tetiklashtiradi. Petrushka sharbati terini tez fursatda silliqlashtiruvchi niqoblar o‘rnini bosadi. Yuvinish uchun juda mos vosita.

- Selderey moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bu ne’mat, odatda, skrablarga va tana terisi uchun mo‘ljallangan vositalarga qo‘shiladi.

- Bodring terini namlantiruvchi va taranglashtiruvchi xususiyatga ega. Yog‘li teri uchun niqoblar tayyorlashga mos keladi.

- Kartoshka shishlardan xalos bo‘lishda yordam beradi, yuz terisidagi teshikchalarni toraytiradi.

- Kabachki — quruq va sho‘ralangan teri uchun mo‘ljallangan niqoblarbop ajoyib sabzavot.

- Sabzi terini oziqlantiruvchi niqoblarga qo‘shiladi, yaxshi namlantiradi.

- Olcha teri teshikchalarini toraytiradi. Yog‘li teri uchun mo‘ljallangan vositalarga mos. Danagi bilan maydalangan olcha tabiiy skrab hisoblanadi.

- Olma yuz rangini tiklab, ajinlarni yo‘qotadi. Sutda qaynatilgan olma labingiz uchun ajoyib balzamdir.

- Nokni skrablar va teshikchalari kengayib ketgan aralash teri uchun qo‘llaniladigan vositalar tarkibiga qo‘shish mumkin.