Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboylik 96 yoshli qariyaning tomorqasida 122 tup giyohvandlik o‘simliklari yetishtirayotganligi aniqlandi

2020 yilning 19 may kuni soat 11:20 da Jomboy tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida G‘orovtepa qishlog‘ida yashovchi 96 yoshli G‘.T.ning yashash uyi hovlisidagi tomorqasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada tomorqasida ekilgan jami 122 tup yashil rangli, o‘tkir hidli, «ko‘knor» giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotganligi aniqlanib, ushbu 122 tup o‘simliklar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.