Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

JSST koronavirusga qarshi vaksina ustida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishlab chiqarilgan vaksinalar natijasi yaqin haftalarda ma’lum bo‘lishini e’tirof etdi. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich RIA Novosti nashriga xabar berdi.

“JSST koronavirusga qarshi faollashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llaydi. Axir ularning barchasi odamlar hayotini saqlab qolishga qaratilgan va ayniqsa sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar uchun o‘ta muhimdir. Bugungi kunga qadar JSSTga 40 turdagi tashxislash testlarini o‘rganib chiqish va tasdiqlash uchun arizalar kelib tushgan. 20 turdagi vaksina ustida tadqiqotlar olib borilmoqda”, dedi u va ko‘plab dori vositalari ayni vaqtda klinik sinovdan o‘tkazilayotganini (odamda sinab ko‘rilayotganini) qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, Vuynovich JSST vaksina ishlab chiqarishga sarmoya jalb qilish uchun turli mamlakatlar va Jahon banki bilan hamkorlik olib borayotganini ta’kidladi.