Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil 31 dekabr kuni Jizzax viloyati Jizzax shahrida Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori katta tezlikda harakatlanayotgan “Kaptiva” rusumli avtomobilni to‘xtatgan.

Haydovchining avtomobilni mast holda boshqarayotganligini gumon qilib, uni narkologiya dispanseriga olib borgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida haydovchining mastligi tasdiqlangandan so‘ng ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektoriga faol qarshilik ko‘rsatgan. Haydovchi inspektorni haqoratlab, yuziga mushti bilan urgan. Natijada YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtomobil vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yilib, haydovchi B.B. IIBga topshirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.