Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda kitobxon va zakovatli harbiy xizmatchilar aniqlandi

Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi artilleriyachilar harbiy qismida kitobxonlik kuni doirasida zukko va bilimdonlarni aniqlash musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilardan Mudofaa vazirligi tomonidan tavsiya etilgan 35 nafar adibning asarlari asosidagi savollar bo‘yicha krossvord shaklida tuzilgan jadvalni to‘g‘ri javoblar bilan to‘ldirish belgilandi. Shu tariqa harbiy xizmatchilarning kitobxonligi va badiiy asarlar mutolaasiga qanchalik qiziqishlari aniqlandi.

Musobaqada 3 ta jamoa – harbiy xizmatchi ayollardan iborat “To‘maris” hamda er-yigitlardan tarkib topgan “Ulug‘bek” va “Temur vorislari” jamoalari o‘zaro bilimdonlik, xotira mustahkamligi, tezkorlik va zukkolik bo‘yicha bellashdi.

Qizg‘in kechgan bahslar yakunida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan harbiy libosdagi malikalarning “To‘maris” jamoasi g‘olib, deb topildi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.