Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 27 oktyabr kuni soat 13:46 da Yashnobod tumani, Aviasozlar 3-dahasi, 38-uyning tomida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tomning bo‘g‘ot qismlarining 70 kvadrat metr maydoni yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 13:51da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 14:06da qurshab olinib, soat 14:20da bartaraf etilgan. Yong‘in joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in tomda olovli-ta’mirlash ishlarini olib borishda yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘in keltirgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yektlari rahbar hamda xodimlari, shuningdek, fuqarolarimizning yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘raydi.