Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus: oxirgi sutka davomida dunyoda 541 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 84 million 474 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 848 mingdan ziyod kishi vafot etgan (2021 yil 5 yanvar Yevropa vaqti bilan soat 17:47 holatiga ko‘ra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 541 811 yangi holati aniqlandi, 8 696 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (2021 yil 6 yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 86 million 405 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 868 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra 20,4 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,3 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (7,7 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (3,2 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (2,7 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotiga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 211 444, Hindistonda 16 375, Braziliyada 17 341, Rossiyada 24 246, Buyuk Britaniyada esa 58 784 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.