Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Lacetti” va motoroller ishtirokidagi YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Kecha, 11 may kuni soat 16:30 da, 36 yoshli A.R. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasida Sho‘rchi tumani “Oqkamar” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4K-592 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida harakatlanib kelayotganida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, ushbu yo‘nalishdan kelayotgan 38 yoshli K.A. boshqaruvdagi motoroller bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda motoroller haydovchisi K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, amaldagi yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

Bu haqda  IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.