Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Mahalla oqsoqoli saylovi-2019»: Vakillar soni saylovda ishtirok etadigan fuqarolar umumiy sonining 12 foizini tashkil etishi kerak

Fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish uchun fuqarolar yig‘inini chaqirish tartibi qanday?

S.NAMOZOV,

Kattaqo‘rg‘on shahri.

Fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va o‘tkaziladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan ko‘rsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.

Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy sonining kamida o‘n ikki foizini tashkil etishi kerak.

Savolga viloyat mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Badriddin NASRIYEV javob berdi.