Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maqsad - ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash

Paxtachida xalq deputatlari tuman kengashining to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari va deputatlar karantin qoidalariga rioya qilgan holda ishtirok etdi. Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston Pyespublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi F.Toshev qatnashdi.

Sessiyani tuman kengashi raisi, tuman hokimi M.Hamdamov olib bordi.

Sessiyada “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida tuman kengashi deputatlarining rolini oshirish, saylov okruglari kesimida shakllantirilgan muhtoj oilalar va ulardagi ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Qudratovning axboroti tinglandi.

- Bugungi kunda tumanimizda 43 ming 445 oila mavjud bo‘lib, 152 ming 317 nafar aholi istiqomat qilmoqda, - dedi Sh.Qudratov. - O‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 2 766 ta kambag‘al oila va ularning 12 ming

288 nafar a’zosi mavjudligi aniqlandi. Tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasiga bugungacha 45 ta saxovatpesha tadbirkor hamda tashkilotlar hisobidan 511,5 million so‘m mablag‘ kelib tushdi. 2715 ta muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi va 97 ta boshqa ko‘rinishdagi ko‘maklar ko‘rsatildi.

Kambag‘al oilalarni faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash emas, balki ularning mehnatga layoqatli a’zolarini ishga joylashtirish ustida sektor rahbarlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar bilan birga tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga hamda tashabbuskor korxonalarga ishga joylashtirish orqali bandligini ta’minlash ustida ish olib bormoqdamiz.

Sessiyasida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev, deputatlar - A.Chorshayev,  I.Sanayev, E.Nurboyev hamda J.Qurbonov so‘zga chiqib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar inobatga olinib, kun tartibidagi masala yuzasidan tuman kengashi qarori qabul qilindi.