Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Markaziy bank valyutalarning yangi qiymatini belgiladi: dollar kursi yana oshdi

Markaziy bank 9 iyuldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning rasmiy kursi o‘tgan haftaga nisbatan 3.62 so‘mga oshib, 8578.36 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 119.41 so‘mga tushib, 9628.35 so‘mni tashkil etdi.

Bir Rossiya rubli esa 1,31 so‘mga arzonlashib, 134,52 so‘mga yetgan.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.