Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Murojaatnoma - ta’limga e’tibor bir necha bor ortishini, zimmamizdagi ulkan mas’uliyatni anglatadi

Baxtiyor JONIBEKOV, Qo‘shrabot tumanidagi 50-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibi:

- Yurtboshimiz joriy 2020 yilga Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni tavsiya qildi. Bu mamlakatimizning porloq kelajagini belgilab beruvchi ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor yana bir necha karra oritishini, tizimda mehnat qilayotgan biz, ustoz-murabbiylar zimmamizdagi mas’uliyatni yanada ko‘paytirishni anglatadi.

Prezidentimiz Murojaatnomada maktab o‘quv dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish, o‘quv yuklama va fanlarni qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi va bu borada muhim tavsiyalarni berdi.

Ushbu ilgari surilayotgan tashabbuslar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni bevosita kuzatib, aytishim mumkinki, barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘nalishida jahon standartlari darajasiga erishamiz va bugungi muvaffaqiyatlarimiz ko‘lami ortib boraveradi.