Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Odam urib yuborgan “Damas” avtomashinasi qidirilmoqda

2019 yil 19 apreldan 20 aprelga o‘tar kechasi Samarqand tumani Sho‘rboi mahallasi hududidan o‘tuvchi “M-39” avtomobil yo‘lining “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida noma’lum davlat raqam belgili “Damas” rusumli avtomashina Andijoni mahallasida yashovchi fuqaro M.Majidovni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaro tan jarohati olgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holatni ko‘rgan yoki bu haqda xabardor bo‘lgan shaxslar quyidagi telefon raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raymiz:


Viloyat IIB YHXB navbatchilik qismi – (66) 221-81-81:
Samarqand shahar IIB YHXB – (66) 233-47-47;
Tezkor guruh – (98) 573-50-40.
Xabar bergan shaxsning ism-sharifi sir tutiladi va mukofot puli beriladi.