Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Oqdaryoda zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda

Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyati tumanlarida yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etilmoqda.

Yaqin kunlarda Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida dam olish maskani o‘z faoliyatini boshlaydi. Istirohat bog‘i hududida bir qator qo‘shimcha xizmat turlari tashkil etiladi. Jumladan, bolalar uchun attraksionlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, kutubxona, amfiteatr, chiroyli favvora va boshqalar.

Ushbu loyiha aholining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishini tashkil etishga qaratilgan.

Loyihaning umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etib, loyihani amalga oshirish natijasida 30 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, istirohat bog‘ining ochilishi joriy yilning dekabr oyiga mo‘ljallangan.