Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘QISHGA MARHAMAT

Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi 2020-2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli bitiruvchilarini  tanlov asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qiladi:

1) Xorijiy tillar o‘zbek guruhi (ingliz, nemis, fransuz tillari);
2) Xorijiy tillar rus guruhi (ingliz tili);
3) Sharq tillari (koreys, yapon, xitoy, arab tillari);
4) Ijtimoiy-gumanitar fanlar;
5) Aniq fanlar (iqtisod);
6) Aniq fanlar (texnika).

Tanlovning dastlabki bosqichi shu yilning 10 iyunga qadar onlayn  shaklda «samdchti-al.uz» sayti va @samdchtial_test telegram kanalimiz orqali bo‘lib o‘tadi. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 20 iyundan 30 iyungacha onlayn shaklda @davlatbek yoki @Abdullayev_Utkir telegram manzillariga hujjatlarni (xxx.pdf shaklda yoki rasm ko‘rinishida) yuborilishi so‘raladi.

Saralash imtihonlari o‘tkazish vaqti joriy yilning 10 iyulidan 25 iyuligacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, aniq vaqt qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Akademik litseyda maxsus sertefikatga ega bo‘lgan Respublikamiz va xorijlik yuqori malakali o‘qituvchilar dars mashg‘ulotlarini halqaro standartlar asosida olib borishadi. Bundan tashqari o‘quvchilarimiz CEFR, IELTS, FIT IN DEUTSCH xalkaro sertifikatlarga xam ega bo‘lishmoqda. Iqtidorli o‘quvchilar uchun  “REKTOR STIPENDIYASIjoriy etilgan.

Uzoqdan kelgan o‘quvchilar yotoqxona hamda 3 mahal  imtiyozli ovqat bilan ta’minlanadi.

Litseyda o‘qish muddati 2 yil.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni «samdchti-al.uz» saytidan olishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri Alisher Navoiy ko‘chasi, 57-uy.

Mo‘ljal: Universitet xiyoboni (bulvar), SamDU fizika fakultetining orqa tomoni, “Savdogar bank” yonida joylashgan.

Telefonlar: +998905031725, +998911879441, +998933557573, +998662331154.

Reklama huquqi asosida.