Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘quvchilar hayotiga xavf solib turgan simyog‘och almashtiriladimi?

Urgut tumani Ipak Yo‘li (Qizilbosh) mahallasida joylashgan 112-maktab hojatxonasi yonginasidan, aholi tomorqasidan o‘tgan yuqori kuchlanishdagi (380 voltli) elektr simyog‘och yonib, yaroqsiz holga kelib qolgan.

Buning oqibatida simlar yerga yaqin, bir odam qo‘l uzatsa yetgudek holatda osilib turibdi. Agar shamol yoki boshqa omillar ta’sirida simyog‘och ag‘darilsa, elektr simlarining maktab hojatxonasi ustiga qulashi, maktab o‘quvchilari hayotiga xavf solishi ehtimoli yuqori.

Mahalla oqsoqollari va maktab ma’muriyatining tuman elektr ta’minoti korxonasiga simyog‘ochni almashtirish borasida bildirgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilmoqda.