Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston “National Geographic Traveler” jurnalining “Yil kashfiyoti” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar qildi.
Onlayn ovoz berish yakunlariga ko‘ra, tanlovning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston 40 foiz ovoz to‘plagan. Shuningdek, ushbu nominatsiyada g‘oliblik uchun Armaniston, Ummon, Tayvan hamda Ruminiya davlatlari kurash olib borgan.

Mukofotni topshirish marosimi Moskvada o‘tkazildi.
Mukofot tantanali ravishda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovga topshirildi.