Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Tojikistonda qurgan 630 o‘rinli maktab ochildi

O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonli hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida 630 o‘ringa mo‘ljallangan umumta’lim maktabi O‘zbekiston tomonidan beg‘araz qurildi va jihozlab berildi.

Maktab o‘quv jarayonlarini samarali tashkillashtirish,  fizika, ximiya, astronomiya, biologiya va chizmachilik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni  o‘tkazish, o‘g‘il bolalarni metall va yog‘ochga ishlov berish, qizlarni esa uy-ro‘zg‘or ishlari, pazandachilik, qo‘l-hunar va chevarchilik san’atini o‘rgatish ko‘zda tutilgan maxsus loyiha asosida qurildi.

Bugun ushbu maktabning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Tojikiston ta’lim sohasi mutasaddilari, o‘qituvchi va o‘quvchilar, OAV hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Foto: Madina NURMAN.