Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston xalq artisti Erkin KOMILOV: «Salqin ichimliklar» degan jumla o‘zbek tili me’yorlariga mosmi?"

– Ko‘rib hayron qolasan kishi: ko‘cha-ko‘yda xato yozilgan so‘z va iboralar nihoyatda ko‘p. Birgina misol, do‘konlarda «salqin ichimliklar», degan jumlaga tez-tez ko‘zimiz tushadi. Salqin xona bo‘ladi, salqin havo bo‘lishi mumkin, ammo suvga nisbatan «salqin» sifatining ishlatilishi g‘ayritabiiy emasmi? Til me’yorlariga mos tarzda «yaxna suv» jumlasi ishlatilsa bo‘lmaydimi?

Yuqoridagi kabi tilimizga savodsizlarcha munosabatda bo‘lish natijasida, kun sayin ona tilimizning oxori to‘kilib bormoqda. Ayniqsa, bunga televideniye suxandonlari va ayrim yosh diktorlarning shevada gapirishlari katta «ulush» qo‘shmoqda. Axir, o‘z tilimizni o‘zimiz asramasak, kim asraydi? Uning hurmatini joyiga qo‘ymayotganlarga qarshi biz kurashmasak, kim kurashadi? Shu millat farzandlari – hamma-hammamiz ona tilimizni saqlash uchun jon kuydirishimiz kerak.