Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonda ilk bor ayol kishi soliq inspeksiyasiga rahbar bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga asosan Islamova Nargis Zaribdjanovna Toshkent shahar Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nargis Islamova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi soliq tekshiruvlari va mavzuli ekspress-o‘rganishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Nargis Islamova 1970 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1993 yildan buyon davlat soliq organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

Nargis Islamova Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Shuningdek, u soliq xizmatining III darajali maslahatchisi maxsus unvoniga ham ega.