Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistondan 3928 dona tarixiy tangalar olib chiqib ketilishining oldi olindi

Ma’lumki, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan 50 yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin emas.

Numizmatika ashyolari ham madaniy boyliklar toifasiga kiritilgan bo‘lib, respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2018 yil va 2019 yilning o‘tgan 7 oyi davomida 97 ta holatda shu turdagi madaniy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir holatlar fosh etilgan. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

Natijada qiymati 154,8 mln. so‘mlik 3928 dona tarixiy tangalarning olib chiqib ketilishi oldi olindi.