Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omda bu yil 53 ming 294 tonna g‘alla yetishtiriladi

Mevali agrosanoat kasb-hunar kollejida Qishloq xo‘jalik vazirligi, viloyat hokimligi hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tuman MMTP hamda fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etgan yig‘ilishda joriy yilgi hosil uchun ekilgan g‘allani sifatli parvarishlash, yaroqsiz bog‘lar o‘rniga foydali ekinlarni ekish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, joriy yil tumanning jami g‘alla ekish rejasi 18 ming 391 gektar bo‘lib, shundan 17 ming 466 gektar suvli, 1000 gektari lalmi  maydonlarni tashkil etadi. Davlatga g‘alla sotish shartnomaviy rejasi 53 ming 294 tonna bo‘lib, tovar don uchun 49 ming 294 tonna, urug‘lik don 4000 tonna yetishtirilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda tumanda g‘alla ekish ishlari yakuniga yetgan bo‘lib, maysalar to‘liq unib chiqqan. G‘alla maydonlarini ikkinchi marta sug‘orish ishlari 9917 gektarga, ya’ni 57 foizga bajarilgan. Bundan tashqari, har bir fermer xo‘jaliklari tomonidan dala boshiga mahalliy o‘g‘it jamg‘arish ishlari olib borilmoqda. Sug‘orish ishlari sharbat usulida amalga oshirilmoqda.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.