Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omning Bog‘ishamol mahallasi fuqarolari Yangi yilni elektr energiyasi ta’minoti muammolarisiz kutib oladigan bo‘ldi

Yangi yil bayrami arafasida Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Past Darg‘om tumani, Go‘zalkent qo‘rg‘oni, Bog‘ishamol mahallasidagi elektr energiyasi ta’minoti tarmoqlari qayta ta’mirlandi.

“Go‘zalkent” potstansiyasiga qarashli “Shirin” nimstansiyasidan chiquvchi 35/10 kVdan 10 kV fider Chuyutning yaqin tayanchidan 2.1 kilometr 10 kV havo tarmoqlari hamda 2.4 kilometr 0.4 kV havo tarmog‘i qurildi. 100 dona 10-0.4 kV temirbeton tayanchlar o‘rnatilib, bir dona 100/10 kV transformator punkti qurildi. 46 dona ASKUE hisoblagichlar o‘rnatilib, aholi iste’molchilari elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

“Samarqand HETK” AJ axborot xizmati.