Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Propiskani qiyinlashtirish haqidagi qaror loyihasi portaldan o‘chirib tashlandi

Kecha, ko‘pgina saytlar bergan xabar ortidan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lgan "qizg‘in" muhokamalardan keyin, bir necha kishi yangi uy sotib olib, propiskaga kirmoqchi bo‘lganlarning HAR BIRI davlat bojini alohida to‘lashi haqidagi Adliya vazirligi e’lon qilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi portaldan o‘chirib tashlanibdi.

Ushbu manzilga kirsangiz, quyidagicha yozuv chiqmoqda:

Not Found (#404)

Bunday sahifa mavjud emas.

Bu haqda taniqli huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining xushnudbek.uz telegram kanalida xabar bermoqda.

O‘sha xabarida u bu ishga munosabat bildirib shunday deydi:

"Qiziq, hukumatdagilar xalqni bunday qiynash mumkin emasligini tushunib yetishdimikin yoki mashhur o‘zbek filmidagi kabi «Ko‘rasizlar, hali biz qaytamiz, qo‘shin tortib qaytamiz» deyishmoqchimikin, bunisi menga qorong‘u.

Nima bo‘lganda ham Sizlarni ushbu kichik g‘alaba bilan tabriklayman. Qonunlari ustuvor davlatga aylanishda davom etaylik, ilohim".