“Propiska” bo‘yicha muhim yangiliklar kiritilmoqda

Mazkur Qonunda tizimni isloh qilishga qaratilgan yangiliklar nazarda tutilmoqda.

Fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo‘lgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro‘yxatda turish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yo‘qotish bo‘yicha qoidalar bekor qilinmoqda.

Mazkur Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining poytaxtda doimiy ro‘yxatga olish tartib-taomillari liberallashtiriladi. Muhimi,  er-xotinga ular nikohdan o‘tgan kunning o‘zida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatga qo‘yish huquqini berishi munosabati bilan oila mustahkamligini ta’minlanishiga zamin yaratadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi, deb xabar berdi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.