Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyatning xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabi aniqlandi

Samarqand shahridagi 47-umumta’lim maktabida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 ta maktab jamoasi ishtirok etdi.

Unda maktab o‘quvchilari xorijiy tilda o‘qish, yozish, tinglash va grammatika shartlari bo‘yicha topshiriqlarni bajardi. Tanlovning viloyat bosqichida 1-o‘rinni Oqdaryo tumanidagi 45-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasiga, 3-o‘rin esa Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasiga nasib etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilar jamoasiga 250 million, 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga 200 million, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga 150 million so‘mlik vaucher hamda esdalik sovg‘alari topshirildi, deya xabar bermoqda, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi.