Qalbaki pasport bilan O‘zbekistonga kirishga uringan eronliklar qo‘lga tushdi
- 08.11.2019 14:38
- 192
- Hodisa
Eron fuqarolari qalbaki Italiya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 3 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha poytaxtga kelgan ikki kishining Italiya davlatiga tegishli fuqarolik pasportlari tekshirilgan va pasportlar qalbaki ekanligi aniqlangan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxslar aslida Eron Islom Respublikasi fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ularga qonunchiligimizda belgilangan tartibda chora ko‘rildi.


Teglar:
pasport
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allikni kamaytirishda nimalar muhim?
- 1 soat avval
- Iqtisodiyot
Bugun shoir Nodir Jonuzoq tug‘ilgan kun
- 1 soat avval
- Mutolaa
Yur, chiqaylik sayrga, do‘stim...
- 2 soat avval
- Mutolaa
Dunyo neft bozoridagi asosiy dengiz arteriyalari
- 3 soat avval
- Xorij