Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi qishloq aholisi aroqdan voz kechishga qaror qildi
- 11.09.2019 08:31
- 204
- Xorij
Qirg‘izistonning Botken viloyati, Qadamjoy tumani, Noogardi qishlog‘i ahli spirtli ichimliklar iste’molidan voz kechishga qaror qildi, deb xabar qiladi «Turmush».
6 sentyabrdan qishloqda alkogol sotuviga taqiq joriy etildi.
Mahalliy oqsoqollarga ko‘ra, spirtli ichimliklar tufayli qishloqda turli noxush hodisalar ro‘y bermoqda. Shu sababli mazkur chorani qo‘llashga majbur bo‘lishgan.
Hamqishloqlar ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng qishloq do‘konlaridagi barcha alkogol mahsulotlari 90 ming som (1,3 ming AQSh dollari)ga sotib olinib, yo‘q qilindi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Parranda naslchiligi yo‘lga qo‘yiladi
- 19/03, 19:51
- Qishloq xo'jaligi
Yangilangan ziyoratgohda hayit namozi o‘qiladi
- 19/03, 11:51
- Samarqand
Ziyolilar nega gazeta o‘qimaydi?
- 19/03, 11:50
- Jamiyat